Telegram

Foydalanuvchi shartnomasi

Tahrir: 2026-yil 26-oktabr.

1. Umumiy qoidalar

Ushbu kelishuv «Vaybkoding akademiyasi» Telegram mini-ilovasi, vaybkoding.uz sayti va @vaybkoder1_bot boti (Ilova) dan foydalanish qoidalarini belgilaydi. Ilovadan foydalanish orqali siz ushbu shartlarga rozilik bildirasiz. Ilova egasi — O‘zini o‘zi band qilgan shaxs Saydivaliev Saidrasul Javlon o‘g‘li (Operator).

2. Kirish

  • Ilovaga faqat Telegram akkaunti orqali kiriladi: Telegram ichidagi mini-ilovada yoki vaybkoding.uz saytida «Telegram orqali kirish» tugmasi bilan. Akkaunt, xaridlar va o‘qish holati ikkalasida bir xil.
  • Bepul materiallar @vaybkoderr kanaliga obuna bo‘lganingizda ochiq bo‘ladi.
  • Pullik qo‘llanmaga kirish xariddan keyin ochiladi — shartlari Ommaviy ofertada.

3. Materiallar

Materiallar axborot va ta’lim maqsadida berilgan. Ular yuridik, moliyaviy yoki soliq maslahati emas: qonunchilik va jarimalar haqidagi ma’lumotlar o‘zgarishi mumkin, muhim qarorlar oldidan rasmiy manbalarni tekshiring.

Matnlar, darslar va videolarga bo‘lgan huquqlar ularning mualliflariga tegishli. Tashqi havolalar uchinchi shaxslarning saytlariga olib boradi: ularning mazmuni va qoidalari uchun Operator javob bermaydi.

4. Nima mumkin emas

  • pullik darslar va materiallarni boshqalarga tarqatish, qayta sotish yoki ommaga joylashtirish;
  • Ilova mazmunini avtomatik vositalar bilan yig‘ish;
  • pullik kirish yoki kanal obunasini chetlab o‘tishga urinish;
  • Ilova ishiga xalaqit berish yoki uning zaifliklarini ekspluatatsiya qilish;
  • konsultatsiya so‘rovlarida haqoratli yoki boshqa shaxs nomidan yozilgan xabarlar yuborish.

Ushbu qoidalar buzilsa, Operator kirishni cheklashi mumkin.

5. Javobgarlik

Ilova «qanday bo‘lsa, shunday» taqdim etiladi. Operator uning uzluksiz ishlashini ta’minlashga harakat qiladi, lekin texnik uzilishlar bo‘lishi mumkin. Materiallar asosida qabul qilingan qarorlar uchun javobgarlik foydalanuvchining o‘zida.

6. Shaxsga doir ma’lumotlar

Ma’lumotlaringiz qanday qayta ishlanishi Maxfiylik siyosatida tasvirlangan.

7. O‘zgarishlar va nizolar

Operator kelishuvni o‘zgartirishi mumkin; yangi tahrir Ilovada e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Nizolar muzokaralar yo‘li bilan, kelishilmasa — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.

8. Aloqa

  • Operator: O‘zini o‘zi band qilgan shaxs Saydivaliev Saidrasul Javlon o‘g‘li
  • STIR: 606061971
  • Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani
  • Elektron pochta: saidrasul4808@gmail.com
  • Telegram: @redmoonai