TAYYOR PROMPT
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish
Telegram, baza, hosting va analitikadagi ma’lumotlar: qonuniy asos, rozilik, saqlash, uzatish va o‘chirish auditi.

{loyiha yoki repo}dagi shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashni O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha tekshir. Auditoriya: {foydalanuvchilar va davlatlar} Tashqi xizmatlar: {Telegram, hosting, baza, analitika, to‘lov, AI va boshqalar} Tekshiruvni o‘tkazayotgan sanangni yoz. Lex.uz orqali shu sanada kuchga kirgan tahrirlarni tekshir; kelajakda kuchga kiradigan o‘zgarishlarni amaldagi talab deb ko‘rsatma. Har bir huquqiy xulosaga qonun nomi, modda yoki band, rasmiy havola va tahrir sanasini qo‘sh. Majburiy talabni yaxshi amaliyotdan, platforma shartlarini davlat qonunidan ajrat. Auditni O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bo‘yicha olib bor. Boshqa davlatlarning talablarini O‘zbekiston talabi sifatida qo‘llama. Koddagi holatni fayl va qator bilan, hujjatdagi holatni bo‘lim yoki havola bilan tasdiqla. Hosting hududi, ro‘yxatdan o‘tish, soliq, litsenziya va shartnoma mavjudligini koddan taxmin qilma: tasdiqlovchi ma’lumot bo‘lmasa, «tekshirib bo‘lmadi» deb yoz. Rasmiy manbaga kira olmasang, tekshirilmagan modda, jarima, muddat yoki talabni o‘zingdan to‘qima. Maxfiy kalitlar va haqiqiy foydalanuvchi ma’lumotlarini hisobotga kiritma. Bu huquqiy xavflarni aniqlash va yurist ko‘rib chiqishi uchun ishchi tekshiruv; to‘liq qonuniylik kafolati yoki yuridik xulosa emas. Noma’lum faktlar uchun savol ber, javob bo‘lmasa, xulosani shartli deb belgilab, mustaqil tekshirish mumkin bo‘lgan qismlarni davom ettir. 1. Ma’lumot oqimi xaritasini tuz: foydalanuvchi → ilova → API → baza → provayderlar → loglar va zaxiralar. Har bir maydon uchun manba, maqsad, huquqiy asos, kim ko‘rishi, saqlash hududi va muddatini yoz. Telegram ID, username, IP, cookie identifikatori va foydalanish tarixining shaxsni aniqlash imkonini bahola. Xaritani haqiqiy kod va provayder sozlamalari bilan tasdiqla. 2. Keraksiz yig‘ishni top. Majburiy maydonlarning zarurligini asosla; ortiqcha ma’lumotni kamaytirish rejasini ber. Log va analitikaga maxfiy yoki ortiqcha ma’lumot yuborilishini tekshir. 3. O‘RQ-547’ning 18 va 21-moddalari bo‘yicha har bir ishlovning huquqiy asosini tekshir. Rozilik kerak bo‘lsa, uning mazmuni, tasdiqlash usuli, sanasi, tahriri va qaytarib olinishi isbotlanadimi? Telegram orqali kirishni barcha maqsadlar, jumladan reklama uchun avtomatik rozilik deb hisoblama. Majburiy xizmat ma’lumotlari bilan ixtiyoriy reklama va analitika oqimlarini ajrat. 4. 15, 20 va 27¹-moddalarni amaldagi tahririda solishtir. Lokal saqlash talabiga tushadigan toifalarni oddiy akkaunt ma’lumotlaridan ajrat. Hostingning chet elda ekanini o‘z-o‘zidan qonun buzilishi deb e’lon qilma; chet elda saqlashning huquqiy asosi va transchegaraviy uzatish shartlarini alohida tekshir. Ruxsat etilgan davlatlar ro‘yxati, standart shartlar yoki xalqaro standartlarga tayanilsa, vakolatli organning amaldagi tasdiqlovchi hujjati va aynan shu operatorga tatbiq etilishini tekshir. GDPR, SOC 2 yoki oddiy rozilikni avtomatik yetarli deb olma. Reyestrga kiritish zaruratini tegishli ma’lumot toifalari bo‘yicha asosla. 5. Maxfiylik siyosatini haqiqiy oqim bilan solishtir: mas’ul shaxs va aloqa, ma’lumot toifalari, maqsad va asoslar, oluvchilar, saqlash, uzatish, huquqlar va murojaat tartibi. Siyosatda va’da qilingan, ammo kodda bajarilmagan ishlarni ko‘rsat. 6. Ma’lumotni ko‘rish, tuzatish, rozilikni qaytarib olish va o‘chirish so‘rovlarini tekshir. Baza, tashqi xizmatlar, log va zaxiralardagi jarayonni ajrat. Qonuniy saqlanishi shart bo‘lgan yozuvlar bo‘lsa, asos va muddat bilan istisnoni ko‘rsat; hammasini darhol o‘chirishni va’da qilma. 7. Kirish huquqlari, shifrlash, sirlar, backup, hodisaga javob, provayder shartlari, voyaga yetmaganlar hamda maxsus yoki biometrik ma’lumotlar bo‘lsa qo‘shimcha talablarni tekshir. Mavjudligini taxmin qilma. Natija: «tasdiqlandi / muammo / tatbiq etilmaydi / tekshirib bo‘lmadi» holatli jadval. Har bir muammo uchun dalil, norma va rasmiy havola, xavf, tuzatish va tekshirish usulini yoz. So‘ng ma’lumot oqimi sxemasi, siyosat va rozilik uchun loyiha matnlari, texnik vazifalar va yuristga savollarni ber. Noma’lum rekvizit yoki saqlash muddatini uydirma. Boshlang‘ich manbalar: «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi O‘RQ-547-son Qonun: https://lex.uz/ru/docs/4396428 2026-yil 26-martdagi O‘RQ-1125-son o‘zgartirish: https://lex.uz/ru/docs/8104580
